Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga navbatdagi o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda «Norma» xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, 1 martdan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun oldingan to‘lov kiritish qoidalari o‘zgardi: tariflar o‘zgarganda keyinchalik qayta hisoblashlarsiz oldindan to‘lov to‘lanadigan davr ikki baravar – 6 oyga qisqartirilgandi.
Ko‘rib chiqilayotgan o‘zgartirishlar bir-biriga o‘xshashdir, ruxsat etiladigan davr yana 3 baravar – 2 oyga qisqartiriladi. Shu tariqa, maishiy iste’molchilardan elektr energiyasi uchun oldindan to‘lov tarif o‘zgarganda qayta hisoblashlarsiz ko‘pi bilan 2 oy oldindan qabul qilinadi.
Tabiiy gazdan foydalanish qoidalarida oldindan to‘lov davri cheklanmagan. Biroq tarif o‘zgarganda iste’molchi to‘lov to‘langan kundan boshlab faqat 2 oy davomida oldindan to‘langan hajm uchun qo‘shimcha to‘lovlardan ozod etiladi.
Elektr energiyasi va gaz uchun oldindan haqni 2019 yil 31 iyulgacha to‘lashga ulgurgan shaxslarga nisbatan qo‘shimcha to‘lovsiz 6 oy to‘g‘risidagi avvalgi qoida qo‘llaniladi.
Ma’lumot uchun: boshqa toifadagi iste’molchilarga (nomaishiy) nisbatan qoidalar ham ikki marta: joriy yilning 1 marti va 1 iyunidan o‘zgartirildi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.07.2019 yildan kuchga kirdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi