O‘zbekistonda sodir bo‘lgan avtohalokatda uch nafar qozog‘istonlik halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Daryo” nashri.
YTH 3 avgust kuni Navoiy viloyati hududidagi Nurota—Jizzax—Forish yo‘lida yuz bergan bo‘lib, Nexia qarama-qarshi tarafdan kelayotgan Isuzu yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.
Nexia’da 7 nafar yo‘lovchi bo‘lib, ularning 2 nafari voyaga yetmagan shaxs bo‘lgan. To‘qnashuv oqibatida (1952, 2013 va 2016 yillarda tug‘ilgan) 3 nafar qozog‘istonlik fuqarolar halok bo‘lgan.
Yana uch nafar qozog‘istonlik jiddiy jarohat olib, Nurota tumani kasalxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Ta’kidlanishicha, hozir ular hushiga kelgan, ammo ahvoli og‘irligicha qolmoqda.
Xabarda aytilishicha, avtohalokatga uchragan Qozog‘iston fuqarolarining barchasi kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan. Shu sababli halok bo‘lganlarning qarindoshlari ularni O‘zbekistonda dafn qilishga qaror qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi