17:27 / 09.09.2019
4 211

Korxona manfaatlariga qarzdorlik undirilmoqda

Korxona manfaatlariga qarzdorlik undirilmoqda
Sirdaryo viloyat iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor “Nasl xizmat” MChJdan undiruvchi xorijiy qo‘shma korxonasi foydasiga 85 800 YeVRO asosiy qarz, 400 YeVRO jarima, 866,58 YeVRO davlat boji va 16000 so‘m pochta harajatlari undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Guliston shahar bo‘limga kelib tushgan edi.

Mazkur ijro ishi bo‘yicha qarzdor “Nasl xizmati” MChJga tegishli bo‘lgan Mirzaobod tumanidagi bino xatlanib, 799.825.838 so‘mga baxolangan hamda qarzdorga tegishli bo‘lgan “DAMAS” rusumli avtotransport vositasi xatlanib, 35.900.871 so‘mga baholangan, elektron-onlyn auksion savdolariga chiqarilgan.

Xatlangan mol-mulklar yagona elektron savdo maydonchasida sotish uchun savdoga chiqarilgan. Savdo natijalariga ko‘ra “DAMAS” rusumli avtotransport vositasining sotuvidan tushgan 27 697 663 so‘m mablag‘ ATIB Ipoteka bank Sirdaryo viloyat filiali orqali YeURO (2 749,0 EURO)ga konvertatsiya qilinib, undirib berilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Korxona manfaatlariga qarzdorlik undirilmoqda