20:27 / 08.10.2019
8 340

Umra ziyorati narxlari ma’lum qilindi

Umra ziyorati narxlari ma’lum qilindi
O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi markaziy kengashining “Yoshlar press-klubi”da o‘tkazilgan brifingda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Muzaffar Komilov Umra safari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 2019 yil umra mavsumi uchun sarf-xarajatlar smetasi loyihasi ishlab chiqildi va har bir ziyoratchidan olinadigan mablag‘ o‘tgan mavsumda umra safari uchun to‘lanadigan mablag‘ miqdoridan arzonlashtirildi. Ya’ni 11 600 000 so‘mdan 11 450 000 so‘mga tushirildi.

Ma’lumot uchun, Umra ziyorati 10 kunni tashkil etib, yurtdoshlarimiz 3 kun Madinai munavvara, 7 kun Makkai mukarrama shahrida bo‘ladilar.
Umra safari davomida ziyoratchilarga o‘zbekistonlik 5 nafar ishchi guruhi, 200 nafar guruh rahbari (ellikboshi) va 47 nafar shifokor xizmat ko‘rsatadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Umra ziyorati narxlari ma’lum qilindi