14:56 / 25.11.2019
3 191

«Paxtakor» stadioni buzilib, yangisi quriladi

«Paxtakor» stadioni buzilib, yangisi quriladi
Foto: Wikipedia
Superliga 25-turi doirasida 27 noyabr kuni o‘tkaziladigan «Paxtakor» - «Bunyodkor» uchrashuvidan so‘ng «Paxtakor» stadioni yopiladi.

Tribuna.uz manbalariga ko‘ra, «Toshkent derbisi» 63 yil faoliyat ko‘rsatgan «Paxtakor» stadionidagi so‘nggi rasmiy o‘yin sifatida tarixda qoladi.

Hozirga kelib klubning muassis va homiylari tomonidan «Paxtakor» stadionining yangi loyihasi ko‘rib chiqilmoqda. Tez orada yangi arena loyihasi tanlangach, «Paxtakor» o‘yingohining to‘liq buzilishi boshlanadi. Uning o‘rniga yangi stadion qurilishi 2020 yilga rejalashtirilgan. Yangi stadion qurilishi klub bosh homiysi sanalmish «SFI Management Group» tomonidan moliyalashtiriladi. Hozirda bir qator xorij kompaniyalari klub rahbariyatiga yangi arena loyihasi bo‘yicha o‘z taklifini bergan.

«Paxtakor» yangi stadioni qurib, foydalanishga topshirilishiga qadar, klub 2020 yilgi mavsum o‘yinlarini Toshkentdagi “Jar” stadionida o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, «Paxtakor» stadioni 1956 yilda qurib bitirilgan bo‘lib, bugungi kungacha ikki marta - 1996 va 2008 yillar qayta ta’mirlangan. Dastlab «Paxtakor» stadioni 55 ming tomoshabinga mo‘ljallangandi, 2008 yilgi rekonstruksiyadan so‘ng alohida o‘rindiqlar o‘rnatilgach, stadion sig‘imi 34 mingga qisqargandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Paxtakor» stadioni buzilib, yangisi quriladi