07:00 / 04.12.2019
3 069

Onalar va dadalar qo'rqishmaydi...

Onalar va dadalar qo'rqishmaydi...
Biz ushbu maqolamiz orqali sizga internet tarmoqlarida uchrab turadigan juda ham kichik hayotiy hikoyalardan birini havola etmoqchimiz.

«Kechasi bilan qizim yigʻlayverib, meni rosa charchatib yuborgandi. Har narsa deb koʻrdim, qizim kechqurungi oʻzining qoʻrqinchli xayollaridan uzoqlasha olmadi. Men uni nima deb ovutishni ham bilmay qolgandim va oxiri unga shunday dedim: “Qizalogʻim, hammada ham nimadandir qoʻrqish tuygʻusi boʻladi. Sen hech ham bundan xavotir olma. Masalan, menda ham, hamma-hammada bunday tuygʻular boʻlishi mumkin”.

Qizim menga namli kipriklari bilan qarab turib “Aldamang, onalar va dadalar hech nimadan qoʻrqishmaydiku! Unda aytingchi, nimadan qoʻrqasiz?”, -deya soʻrab qoldi. Men uzoq payt nima deyishni bilmay jimib qoldim, shundan soʻng qizim menga “Ana koʻrdingizmi, onalar qoʻrqishmaydi”, -deb yana yigʻlay boshladi. Shunda men uning quloqlariga engashgancha shunday dedim: “Men qarib qolishdan hamda seni tark etadigan kun kelishidan qoʻrqaman. Yana gʻazabimdan ham juda qoʻrqaman, qizim!”. Qizim gaplarimni tushundimi yoki yoʻq, u tezda koʻzlarini yumib, uxlab qoldi».

Karen Rizzo

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Onalar va dadalar qo'rqishmaydi...