14:10 / 09.01.2020
2 692

Hujjatlarda ko‘rsatilganidan ortiqcha bo‘lgan 676 million so‘mlik matolar fosh etildi

Hujjatlarda ko‘rsatilganidan ortiqcha bo‘lgan 676 million so‘mlik matolar fosh etildi
Bojxona to‘lovlarini chetlab o‘tishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxonachilar keskin kurash olib borishmoqda.
Jumladan mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga xorijdan keltirilgan mato tovarlari Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Natijada, matolar hujjatlarda ko‘rsatilganidan 162 240 kv.metr ko‘p ekanligi aniqlandi.
Hujjatlarda ko‘rsatilganidan ortiqcha bo‘lgan tovarlarning umumiy qiymati 676 million so‘mni tashkil qildi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Hujjatlarda ko‘rsatilganidan ortiqcha bo‘lgan 676 million so‘mlik matolar fosh etildi