3 965
Fermerlarning onasi-yu qizidan so‘kkani aytilayotgan hokimga nisbatan tekshirish o‘tkazilmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda yana bir so‘kong‘ich hokimning audiosi tarqaldi. Dastlab «Xorazm-news» kanalida «jaranglagan» haqoratga to‘la gaplar «muallifi» Xorazm viloyati Yangiariq tumani hokimi Maqsud Saidov ekani aytilmoqda.
Hokim tumandagi fermerlar bilan o‘tkazgan yig‘ilishida yer maydonlari tayyor emasligi vajidan kelib chiqib, ularni onasi-yu qizidan kelib, bolaxonador gaplar bilan so‘kadi.
So‘kinishlarni yozish ne, hatto eshitib bo‘lmasligi e’tiboridan ularni keltirishni lozim topmadik. Faqat Bosh prokuraturaga so‘rov yuborildiki, hokim buvaga tegishli deyilayotgan holat yuzasidan yangilik bormi?
Mahkama matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, holat yuzasidan Xorazm viloyati prokuraturasi tekshirish o‘tkazilmoqda, natijasi haqida qo‘shimcha axborot beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi