10:45 / 13.02.2020
4 232

Beruniy tumanida sodir bo‘lgan mudhish YTHda 4 kishi halok bo‘ldi

Beruniy tumanida sodir bo‘lgan mudhish YTHda 4 kishi halok bo‘ldi
Foto: IIV axborot xizmati
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumanida 12 fevral soat 11.30larda mudhish yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.

1984 yilda tug‘ilgan A.B. o‘zining boshqaruvidagi «Matiz» avtomashinasini Abay OFY hududidan o‘tuvchi «G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu» A-380 yo‘lining 645-km.da haydab ketayotib, yo‘l sirpanchiq bo‘lganligi sababli qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan, 1987 y.t. Sh.T. boshqaruvidagi «MAN» yuk avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etishi natijasida yuk avtomashinasi yo‘l chetiga ag‘darilib ketgan.

Foto: IIV axborot xizmati
Natijada «Matiz» avtomashinasi haydovchisi A.B., yo‘lovchilari — 1990 y.t. S.Mamutova, 2019 y.t. M.Q. hamda 1965 y.t. T.R.lar voqea joyida vafot etgan.

Foto: IIV axborot xizmati
Shuningdek, «Matiz» avtomashinasining qolgan yo‘lovchilari, 1989 y.t. S.S., 2000 y.t. D.Q. hamda «MAN» yuk avtomashinasi haydovchisi Sh.T.lar jarohat olib kasalxonaga yotqizilganlar.

Mazkur holat yuzasidan Beruniy tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Beruniy tumanida sodir bo‘lgan mudhish YTHda 4 kishi halok bo‘ldi