22:36 / 15.02.2020
2 915

Karim Bahriyev: Sudya kayfiyatiga qarab emas, balki mavjud qonunchiliklar asosida qaror chiqarishi shart

Karim Bahriyev: Sudya kayfiyatiga qarab emas, balki mavjud qonunchiliklar asosida qaror chiqarishi shart
Bugun Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi ommaviy axborot vositalarida korrupsiya mavzusini yoritish masalalari bo‘yicha davra suhbati o‘tkazdi.

Davra suhbatida Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan qirolligining O‘zbekistondagi elchisi janob Tim Torlou, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev, huquqshunos jurnalist Karim Bahriyev va korrupsiya mavzusida qalam tebratuvchi jurnalistlar qatnashdi.

Bu borada huquqshunos jurnalist Karim Bahriyev ham o‘z takliflarini bayon qildi, ya’ni jurnalistlarni sud jarayonini yoritishdan cheklash noto‘g‘ri ekanligini ta’kidladi.

Bizning qonunchilikka ko‘ra, sudga jurnalistning maqolasi ta’sir o‘tkazmasligi uchun sud qarori chiqarmaguncha, tergov ketayotgan jarayonda maqolasini e’lon qilishga ruxsat etilmaydi. Aslida bu noto‘g‘ri. Sud to‘xtatilishi, orqaga surilishi yoki qoldirilishi mumkin. Lekin xalq tergov jarayonida nima bo‘layotganini bilishi kerak-ku! Jurnalistga tergov jarayonini yoritishga imkon berish kerak. Faqatgina jurnalist maqolasida kimnidir o‘g‘ri yoki aybdorga chiqarib qo‘ymasligi lozim. Jurnalist kimnidir qaysidir jinoyatda ayblanmoqda, deyishi to‘g‘ri bo‘ladi.

Shu o‘rinda “u ayblanmoqda” deyish uchun ham jinoyat kodeksining qaysi moddasiga tayanilganini dalil sifatida keltirishi lozim bo‘ladi. Maqolaning sudga ta’sir etishi o‘rinsiz bahona. Sababi, sudya ertalab rafiqasi bilan urishib chiqqan bo‘lsa ham, bu uni sud jarayonida qaror chiqarishiga ta’sir etmasligi kerak. Ishga kelishda mashinasini urib yuborgan bo‘lsa ham, jahl ustida sudda qarorni boshqacha qabul qilishi to‘g‘ri emas-ku. Shu o‘rinda jurnalist maqolasining sudga tasir qilishi va bu asosda sudya noto‘g‘ri qaror qilishi mumkin degan vajlar kulgili. Sudya o‘qigan maqola yoki kayfiyatiga qarab emas, balki mavjud qonunchiliklar asosida qaror chiqarishi shart.

Shunday ekan, hukmga ta’sir qiladi, deb jurnalist yo‘lini to‘sish to‘g‘ri emas. VVS, "Euronews" va boshqa xalqaro ommaviy axborot vositalarini sud jarayonlari borishini yoritayotganiga ko‘p guvoh bo‘lamiz. Misol uchun, kechagina impichment bo‘yicha jurnalistlar protsedura tugashini kutib o‘tirganlari yo‘q. O‘zbekiston jurnalistlari ham sud jarayonlarini yoritishda sudyaning yakuniy qarorini kutib, yozmay o‘tirishlari to‘g‘ri emas
”, - deydi Karim Bahriyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Karim Bahriyev: Sudya kayfiyatiga qarab emas, balki mavjud qonunchiliklar asosida qaror chiqarishi shart