10:57 / 27.02.2020
3 751

Buxoro davlat soliq organi rahbarlik lavozimlaridagi ayollar soni yana bittaga ko‘paydi

Buxoro davlat soliq organi rahbarlik lavozimlaridagi ayollar soni yana bittaga ko‘paydi
Buxoro viloyati davlat soliq organlarida rahbar lavozimlariga munosib kadrlarni tanlash, xususan rahbarlik lavozimlariga xotin-qizlarni tayinlashga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.

Davlat soliq boshqarmasining tegishli buyrug‘iga asosan navbatdagi tuman davlat soliq inspeksiyasining rahbarlik lavozimlaridan biriga ayol kishi tayinlandi. Aniqrog‘i, Buxoro viloyati Romitan tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga
Niyozova Dilnoza Rasulovna tayinlandi.

Dilnoza Niyozova yangi lavozimga tayinlangunga qadar Buxoro viloyati G‘ijduvon tuman davlat soliq ispeksiyasi Tashkiliy ishlar va nazorat bo‘limi davlat soliq bosh inspektori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoro davlat soliq organi rahbarlik lavozimlaridagi ayollar soni yana bittaga ko‘paydi