11:30 / 29.02.2020
2 287

O‘zbekiston va Armaniston o‘rtasida xalqaro avtomobil tashuvlari yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston va Armaniston o‘rtasida xalqaro avtomobil tashuvlari yo‘lga qo‘yiladi
Joriy yilning 28 fevral kuni O‘zbekiston transport vaziri Elyor G‘aniyev Armanistonning O‘zbekistondagi elchisi Aram Grigoryanni qabul qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Armaniston o‘rtasida transport sohasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalalari muhokama etildi.

Har ikki tomon ham hozirda davlatlar o‘rtasidagi yuk tashish va mahsulotlar aylanmasi past darajada ekanligi, ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun esa hamkorlikdagi ishlarni kuchaytirish lozimligini ta’kidlab o‘tishdi.

Xususan, xalqaro transport yo‘laklari imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda ikki davlat o‘rtasida xalqaro avtomobil tashuvlarini yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi. Tomonlar bu borada o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish va yanada rivojlantirish maqsadida ikki davlat o‘rtasida transport sohasidagi bitimlarni qayta ko‘rib chiqishga kelishib oldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston va Armaniston o‘rtasida xalqaro avtomobil tashuvlari yo‘lga qo‘yiladi