18:25 / 13.03.2020
3 824

O‘zbek bronekaterlari ishtirok etgan mashg‘ulotdan bexabar Turkmaniston harbiylari ularning «hujumi»ni qaytarishga urindi

O‘zbek bronekaterlari ishtirok etgan mashg‘ulotdan bexabar Turkmaniston harbiylari ularning «hujumi»ni qaytarishga urindi
Foto: «Xronika Tukmenistana»
Fevral oyining oxirida O‘zbekiston chegara qo‘shinlarining daryo chegaralarini himoya qilish bo‘linmalari Turkmaniston va Afg‘oniston chegaralari o‘rtasida joylashgan hududda taktik mashg‘ulotlar o‘tkazdi, deb xabar beradi «Xronika Turkmenistana»ga tayanib Daryo nashri.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘quv mashg‘ulotlarida O‘zbekiston tomonidan Ukrainada ishlab chiqarilgan «Jayhun» va «Sayhun» nomli ikkita zamonaviy suv bronekateri harakatga keltirilgan. Katerlar kuchli motorga ega bo‘lib, yirik kalibrli pulemyotlar bilan jihozlangan.

Ta’kidlanishicha, ushbu hududni qo‘riqlovchi turkman chegarachilari mashg‘ulotlardan bexabar bo‘lgani sabab ularni ushlash uchun daryo flotiliya politsiyasining ikkita transport katerida Kelif qishlog‘ida joylashgan bo‘linmaning 20 ga yaqin askarini yuborgan. Har bir qayiqda Kalashnikov avtomati bilan qurollangan to‘qqiz nafar chegarachi bo‘lgani aytilmoqda. Aksariyat avtomatlarning magazinida patron bo‘lmagan.

Harbiy xizmatchilardan birining so‘zlariga ko‘ra, chegarachilar mashg‘ulot haqida ogohlantirilmagani uchun vaziyatga tayyor bo‘lmagan.

«Balki, qo‘shnilar Ashxoboddagi qo‘mondonligimizni ogohlantirgandir, lekin biz bexabar edik. Shu sabab chegarada xorij harbiylariga tegishli katerlarning qo‘qqisdan paydo bo‘lishiga javob qaytarish maqsadida qo‘lga ilingan narsadan foydalandik», — deydi harbiy xizmatchilardan biri.

Ikki davlat harbiylarining to‘qnashuvi otishmalarsiz bo‘lgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Turkmaniston sotib olgan barcha zamonaviy katerlar Kaspiy dengizida joylashgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbek bronekaterlari ishtirok etgan mashg‘ulotdan bexabar Turkmaniston harbiylari ularning «hujumi»ni qaytarishga urindi