Prezident “Agrar va oziq-ovqat sohalarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Hujjat bilan quyidagi lavozimlar kiritildi:
a) Bosh prokuratura tuzilmasida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi va ularning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan:
- Bosh prokurorning o‘rinbosari;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar prokurorlarining o‘rinbosarlari, O‘zbekiston transport prokurorining katta yordamchisi;
b) ekin maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallanishining oldini olish, qishloq xo‘jaligi texnikalari holatini nazorat qilish, mineral o‘g‘itlarning maqsadli ishlatilishini, paxta va g‘alla hosilini yig‘ib olishda jamoat tartibi, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan O‘zbekiston ichki ishlar vazirining o‘rinbosari.
Belgilanishicha:
a) Bosh prokuraturaning Qishloq xo‘jaligi sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi deb qayta nomlanadi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar prokuraturalarining qishloq xo‘jaligi sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limlari agrar va oziq-ovqat sohalarini rnvojlantirishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limlari deb qayta nomlanib, ularga qo‘shimcha 145 ta shtat birliklari ajratiladi;
b) O‘zbekiston ichki ishlar vaziri o‘rinbosarining boshqarma maqomiga ega bo‘lgan 12 nafar xodimdan iborat boshqaruv apparati tashkil etiladi;
v) O‘zbekiston ichki ishlar vaziri o‘rinbosariga:
mazkur sohadagi faoliyatni amalga oshirish borasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirining, viloyat ichki ishlar boshqarmalari (bosh boshqarmasi) boshliqlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosarlari bo‘ysundiriladi;
o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishda tegishli sohaviy xizmat xodimlarini (ichki ishlar organlari tayanch punkti profilaktika inspektorlaridan tashqari) jalb etish vakolati beriladi;
g) O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining bir nafar o‘rinbosari va viloyatlar boshqarmalarining bir nafardan alohida mas’ul xodimlari bosh vazir o‘rinbosariga qishloq xo‘jaligida yerlarning holati, ekinlar, suv resurslari haqidagi va boshqa ma’lumotlarni o‘zida jamlaydigan axborot tizimini yaratishda ko‘maklashadi;
d) yangi kiritilayotgan O‘zbekiston bosh prokurorining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori va viloyat prokurorlarining o‘rinbosarlari, O‘zbekiston transport prokurorining katta yordamchisi hamda O‘zbekiston ichki ishlar vazirining o‘rinbosari bosh vazir o‘rinbosariga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishga ko‘maklashadi;
ye) O‘zbekiston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimini va uning boshqaruv apparatini kiritish Ichki ishlar vazirligi xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida amalga oshiriladi;
j) prokuratura organlari tuzilmasiga yangi kiritilayotgan lavozimlar va ajratilayotgan qo‘shimcha shtat birliklari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tizimidagi 160 ta shtatlar sonini qisqartirish hisobidan amalga oshiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi