08:21 / 20.03.2020
6 570

Rayhonni Jizzaxdagi to‘yga oboraman deb 6400$ga aldagan taniqli aktyor ustidan tergov ketmoqda

Rayhonni Jizzaxdagi to‘yga oboraman deb 6400$ga aldagan taniqli aktyor ustidan tergov ketmoqda
Foto: Reuters
Jizzax shahrida bir fuqaroni aldab, uning to‘yiga Rayhonni olib kelmoqchi bo‘lgan taniqli aktyor ustidan shikoyat tushgani haqida Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

“Ko‘tarma” mahallasida istiqomat qilib kelgan G.S. ismli ayol ikki kun avval Jizzax shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga firibgarning aldoviga ishonib qolganini ma’lum qilgan.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahar Shayxontohur tumanida istiqomat qiluvchi 1988 yilda tug‘ilgan aktyor A.R. uning to‘yiga xonanda Rayhona G‘aniyevani olib kelishini aytgan. Bu xizmat evaziga “Kimyogar” mahallasi hududida G.S. ning 6 ming 400 AQSH dollari pulini olgan.

Biroq aktyor va’dasini bajarmagan, pullarni esa shaxsiy manfaati yo‘lida sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Jizzax shahar IIO FMB tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rayhonni Jizzaxdagi to‘yga oboraman deb 6400$ga aldagan taniqli aktyor ustidan tergov ketmoqda