18:53 / 27.03.2020
5 309

MIB Sergeli bo‘limi 9 nafar fuqaroning 40 mln. so‘mdan ortiq ish haqini undirib berdi

MIB Sergeli bo‘limi 9 nafar fuqaroning 40 mln. so‘mdan ortiq ish haqini undirib berdi
Majburiy ijro byurosining Sergeli tuman bo‘limi ish yurituvida, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining ijro varaqalariga asosan, qarzdor “Elektrogaz” AJdan 9 nafar fuqaro foydasiga jami 41.500 ming so‘m oylik ish haqi undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari 04.12.2019 yilda kelib tushgan va qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Ijro harakatlari davomida qarzdor “Elektrogaz” AJning “TRAST BANK” Yakkasaroy filialidagi barcha hisob raqamlariga band solingan.
Bundan tashqari, ijro harakatlari davomida qarzdor “Elektrogaz” AJning joylashgan manziliga chiqilib qarzdorga tegishli bo‘lgan davlat raqami 01 508 DAA bo‘lgan ISUZU SAZ NQR rusumli avtomashina hatlanib jarima maydoniga joylashtirilgan.

Byuroning Sergeli tuman bo‘limi tomonildan olib borilgan majburiy ijro harakatlari jarayonida qarzdor “Elektrogaz” AJdan 9 nafar undiruvchilarga 41 mln. 500 ming so‘m oylik ish haqlari to‘liq undirilib berildi.

MIB Sergeli tuman bo‘limi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB Sergeli bo‘limi 9 nafar fuqaroning 40 mln. so‘mdan ortiq ish haqini undirib berdi