2 910
O‘zbekistonda karantin davrida OTMlarda hech qanday imtihonlar o‘tkazilmasligi ma’lum qilindi
Belgilangan muddatda kontrakt pulini to‘lamagan, stipendiyasiz kontrakt pulini to‘lagan va fanlardan qarzdorligi mavjud talabalarga mart oyi uchun stipendiya berilmagan. Bu haqda 18 aprel kuni AOKA huzurida tashkil etilgan shtabda o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi, deb xabar berdi «Daryo» nashri.
«Karantin davrida talabalarga belgilangan tartibda stipendiya to‘lab berilmoqda. Faqat to‘lov turida o‘zgarish bo‘lishi mumkin. Naqd pul ko‘rinishida olinayotgan stipendiya puli talabaning plastik kartasiga tushirib beriladi.
Respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalarida talabalarga joriy yil mart oyi uchun stipendiya to‘lab berilgan. Shu bilan birga ayrim hollarda to‘lov-kontrakt pulini to‘lamaganligi, akademik qarzdorliklari yoki bank plastik kartasi berilmaganligi bois stipendiya to‘lashda kechikishlarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. Mazkur masalalar bo‘yicha talabalar dastlab oliy o‘quv yurtiga, so‘ngra vazirlikka murojaat qilishi mumkin», — dedi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot kotibi Farhod Babashev.
Vazirlik vakilining ta’kidlashicha, karantin davrida OTMlarda hech qanday imtihonlar belgilanmagan. Hech kim talabalardan imkonsiz narsani bajarishni talab etmayapti. 15 apreldan e’tiboran aprel oyi stipendiyalarini plastik kartalarga ko‘chirish boshlangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi
Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir»