11:23 / 29.04.2020
3 670

Ramazon oyining 8 barakasi

Ramazon oyining 8 barakasi
Mag‘firat, gunohlarning kechirilishi:
Ushbu oyning dastlabki 10 kuni - rahmat kunlari, keyingi 10 kuni - mag‘firat, gunohlarni kechirilish kunlari va Ramazonning oxirgi 10 kuni do‘zaxdan ozod bo‘lish kunlari hisoblanadi. Ro‘za tutuvchilar uchun Yaratganning mukofotlaridan biri gunohlarning kechirilishidir.

Rizq, savob va ajru mukofotlarning ko‘payishi:
Iftorlik vaqti duolar ijobat bo‘ladigan eng yaxshi daqiqalardir. Ramazonda ro‘zador odamga barakalar ato qilinadi. Faqatgina Ramazon oyida farz namozi savobi 70 baravar ko‘paytirib beriladi.

Ramazonning tuhfasi va barakasidir:
Bir oy davomida Qur’oni karim tarovihda to‘liq o‘qiladi va aynan Ramazon oyida Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga Qur’on tushirilgan. Ishonchli sahih hadislarda aytilishicha, Ramazon oyida Qur’on to‘liq o‘qilgandan so‘ng, uni o‘qigan odamlar uchun 70 000 farishta istig‘for aytib gunohlarini kechirilishini so‘raydi.

Bu yil pandemiya sabab, tarovih namozlarini hamma o‘z uyida o‘qiydi.

Qadr kechasi:
"Laylatul Qadr" Ramazon oyidagi Alloh taoloning eng katta tuhfalaridan biridir. O‘sha kechada Alloh bandalariga ko‘plab marhamat, mag‘firat va rahmatlar yuborishini va’da qilgan. Bu kecha Ramazon oyining oxirgi o‘n kunligi toq kechalarining biriga to‘g‘ri keladi. Ulamolarning ko‘pchiligi bu kecha 27-kecha deganlar.

Baytullohni tavof qilish:
Bu oyda qilingan umra haj bilan barobar bo‘ladi deyilgan hadislarda. Lekin bu yil pandemiya sabab umra qilishning iloji yo‘q.

Zakot:
Islom bizni saxiy bo‘lishga, boshqa odamlarni qo‘llab-quvvatlashga, ularga jismoniy, moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatishga buyuradi. Zakot Islomning ustunlaridan biridir. Zakotni Ramazon vaqtida berishning savobi katta. Ayniqsa, pandemiya davrida zakotni muhtoj haqdorlarga berish ham ikki karra savobdir. Shuningdek, talabalarning kontrakt to‘lovlarini to‘lab berish esa ilmning rivojlanishiga ham xizmat qiladi.

Iydul Fitr:
Ramazon oyi tugashi bilan, mo‘minlarning eng katta tantanasi Ramazon hayiti nishonlanadi. Yangi, chiroyli kiyimlarni kiyib, musulmonlar bayram-hayit namoziga boradilar. Inshaalloh, pandemiya yo‘q bo‘lib, tibbiy niqoblarsiz Ramazon hayitini masjidlarni to‘ldirib o‘qishimizni Alloh nasib qilsin.

E’tikof:
E’tikof o‘tirgan kishi, butun vaqtini namoz o‘qish, Qur’on tilovati va zikr bilan masjidda yoki uyining alohida chekkaroq qismida o‘tkazadi. Hozir karantin sabab e’tikofni niyat qilganlar o‘z uylarida namoz, tilovat bilan o‘tkazsalar bo‘ladi.

Manba: oliymahad.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ramazon oyining 8 barakasi