Yangi tadqiqotga ko‘ra, uyquning sifatsizligi 172 turdagi kasallikning rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Tadqiqotda 88 mingdan ortiq odam haqida olingan bioma’lumotlar asosida xulosa qilindi, deb yozmoqda uz24.uz sayti.
Olimlar odamlarning sirkad ritmlari va ularning bir xil uyqu va uyg‘onish vaqtlariga qanchalik izchil rioya qilishlarini o‘rganishdi. Yomon uyqu odatlari bo‘lgan odamlarda 92 ta kasallikning 20 foizi rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin, deyilgan.
Qanday xavf bor?
Agar odam soat 00:30dan keyin uyquga yotishga odatlangan bo‘lsa, jigar sirrozi xavfi 257 foizga oshishi mumkin. Shuningdek, kunlik uyqu tartibidagi sezilarli o‘zgarishlar gangrena xavfini 261 foizga oshiradi.
Tungi 1 da uxlash:
Kech uyquga ketish zararli bo‘lsa-da, soat 01:00gacha uxlash va ertalab soat 08:00gacha uxlab qolish juda ham yomon emas.