2020 yilning 29 aprel kuni soat 18:00 da Jizzax viloyati, Paxtakor tumani hududidan o‘tgan «Toshkent-Termiz» yo‘nalishli M-39 yo‘lining 967-kilometrida haydovchi 25 yoshli B.E. boshqaruvida bo‘lgan «Matiz» rusumli avtomashinani «Toshkent» yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib ketayotgan vaqtida uxlab qolganligi sababli rul boshqaruvini yo‘qotib, avtomashina yo‘lning o‘ng chetiga chiqib ag‘darilib ketgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
Natijada B.E., ning o‘zi va avtomashina salonida yo‘lovchi sifatida ketayotgan 13 yoshli Z.E. hodisa joyida vafot etiganlar.
Avtomashina salonida bo‘lgan yo‘lovchilar: 35 yoshli M.M., 14 yoshli U.E., 12 yoshli A.E. va 6 yoshli S.E. lar tibbiyot birlashmasiga turli tan jarohatlari bilan yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Paxtakor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Luis Enrike PSJning ECHLdan chiqib ketishiga munosabat bildirdi
Isroil Rafahdagi operatsiyani HAMAS mag‘lubiyatga uchramaguncha davom ettirmoqchi
Chadning amaldagi prezidenti saylovda yana g‘alaba qozondi
Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi"
London: 9 mingga yaqin chechen Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi