20:45 / 04.05.2020
5 229

Qayerga shoshilganding... (Selda oqib ketgan zominlik opa-ukaning xotirasiga bag‘ishlanadi)

Qayerga shoshilganding... (Selda oqib ketgan zominlik opa-ukaning xotirasiga bag‘ishlanadi)
Xabaringiz bor 2020 yil 29 aprel kuni Jizzax viloyati Zomin tumani «Shirin» qishloq fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi 2006 yilda tug‘ilgan T.G. va 2011 yilda tug‘ilgan T.F. soydan sel kelishi natijasida oqib ketib, oqibatda ularning ikkalasi ham halok bo‘lgani haqida ma’lumot berilgan edi.

Ma’lum bo‘lishicha do‘konga xarid uchun borgan opa-uka uyga qaytguncha kuchli yomg‘ir yog‘a boshlagan. 2006 yilda tug‘ilgan T.G. va 2011 yilda tug‘ilgan T.F. yomg‘ir tinishini kutib turishgan, yomg‘ir tingach esa uyga qaytish paytida sel kelgan hududni kesib o‘tayotganlarida to‘satdan kelib qolgan sel ularni oqizib ketgan.

Har ikkisi ham hayotdan ko‘z yumdi. She’r ular xotirasiga atab yozildi.

Qayerga shoshilganding...

Gumbirlagan osmonmi yoki yerning na’rasi
Otilib kelgan ofat taqdirning hamsoyasi.
Kamchiliging ne edi, ko‘zlar oqu qorasi,
Qayerga shoshilganding Sel, yomg‘irning bolasi?!

Javoningni ko‘rdingmi, nimalaring kam ekan?!
Onangdan so‘radingmi, otang berdimi ruxsat.
Oh uradi, bag‘rini tilib ketdi nolasi,
Qayerga shoshilganding Sel, yomg‘irning bolasi?!

Bir tomchi suvni ko‘rsa xurkib ketadi onang,
To‘lqin-to‘lqin suvlarga qarmoq tashlamas otang.
Yomg‘irlarga aylandi to‘kkan ko‘zyosh jolasi,
Qayerga shoshilganding Sel, yomg‘irning bolasi?!

Shu yurtning ko‘ksiga ur, ko‘ksi taram-taramdir,
Bir suluv qiz bo‘larding, bir pahlavon yigitcha.
Orzulari bog‘landi to‘y emas bu azasi,
Qayerga shoshilganding Sel, yomg‘irning bolasi?!

To‘lg‘oq-to‘lg‘oq yig‘laydi, yig‘laydi shu zaminim,
Biz ham ko‘zyoshda qoldik shahid ketgan gul inim.
Zomin tog‘lar titraydi, xuddi sherdek na’rasi,
Qayerga shoshilganding Sel, yomg‘irning bolasi?!

Muallif: Nargiza Kamalova
"Oltin qalam" Milliy mukofoti sohibasi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qayerga shoshilganding... (Selda oqib ketgan zominlik opa-ukaning xotirasiga bag‘ishlanadi)