16:11 / 11.05.2020
5 709

«Farhod avtomobil bozori» ichidagi barcha xodimlari bilan yopildi

«Farhod avtomobil bozori» ichidagi barcha xodimlari bilan yopildi
Bugun, 11 may kuni soat 09:00 larda poytaxtning Uchtepa tumanidagi joylashgan «Farhod avtomobil bozori»da sanitariya-epidemiologiya nazorati xodimlari tana harorati ko‘tarilgan tadbirkorni aniqladi, deb xabar beradi Repost.

Ta’kidlanishicha, bozor yopilgan, bozor ichidagi boshqa tadbirkorlarga esa vaqtincha tashqariga chiqish taqiqlab qo‘yilgan. Huquq-tartibot organi xodimlari sodir bo‘layotgan voqealarni surat va videoga olishni man etgan.

Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, avtomobil ehtiyot qismlari bozori yopiq qoladi, ichkarida qolgan tadbirkorlar uchun maxsus avtobus tashkillashtirish va’da qilingan.

Uchtepa tuman hokimligi matbuot xizmati bozor tadbirkorlardan birida yuqori tana harorati aniqlangani sabab yopilgani to‘g‘risidagi xabarlarni rad etib, mazkur savdo qatorlarida «Sanitariya kuni» e’lon qilganini bildirgan. Ayni paytda do‘konlarda Sanitariya talablari va qoidalarida belgilangan standartlarga muvofiq ishlar olib borilmoqda.

«Tegishli ishlar amalga oshirilganidan so‘ng, avtomobil ehtiyot qismlari do‘koni qayta ish boshlaydi», — deyiladi hokimlik xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Farhod avtomobil bozori» ichidagi barcha xodimlari bilan yopildi