07:50 / 14.05.2020
4 386

Shaxsiy avtomobillar harakatiga cheklovlarni bekor qilish masalasi o‘rganilmoqda

Shaxsiy avtomobillar harakatiga cheklovlarni bekor qilish masalasi o‘rganilmoqda
Shavkat Mirziyoyev raisligida 13 may, chorshanba kuni karantin talablarini yumshatishni davom ettirish choralariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Majlisda mamlakatdagi epidemiologik vaziyat hamda hududlar rahbarlarining takliflaridan kelib chiqib, karantin talablarini yanada yumshatish masalalari muhokama qilindi. Xususan, «yashil» va «sariq» hududlarda sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy amal qilgan holda xizmat ko‘rsatish turlariga bosqichma-bosqich ruxsat berish mumkinligi belgilandi.

Prezident matbuot xizmatining qayd etishicha, olis hududlarning poytaxt bilan transport aloqasini tiklash dolzarb masala bo‘lib turibdi. Shu sababli Toshkent shahridan Nukus, Urganch, Termiz shaharlariga aviaqatnovlarni tiklash, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Qarshi shaharlariga «Afrosiyob» tezyurar poyezdi hamda Farg‘ona vodiysiga poyezd qatnovini qayta yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, shaharlar ichida shaxsiy avtomobillar harakati bo‘yicha cheklovlarni bekor qilish masalasi o‘rganilmoqda. Transport, Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklariga bular bo‘yicha Respublika komissiyasiga taklif kiritish vazifasi qo‘yildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus tarqalishi boshlanganidan so‘ng Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 30 martdan 20 aprelga qadar shaxsiy avtotransport vositalari harakatlanishiga taqiq qo‘yilgan, ulardan faqat maxsus stikerlar bo‘lgandagina foydalanishga ruxsat berilgan edi. Stikersiz harakatlangan fuqarolarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi asosida jarima qo‘llanilib, avtotransport vositasi karantin oxirigacha jarima maydonchasida qoldirilayotgan edi. Adliya vazirligi maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlar ro‘yxatini e’lon qilgandi.

Ushbu cheklov 30 apreldan boshlab yengillashtirilib, soat 07:00 dan 10:00 gacha va soat 17:00 dan 20:00 gacha barcha turdagi yengil avtomashinalar yo‘lovchilari bilan birga ish joylariga borish, zaruriy dori vositalari va oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish uchun harakatlanishiga ruxsat berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shaxsiy avtomobillar harakatiga cheklovlarni bekor qilish masalasi o‘rganilmoqda