Bugun, 2 iyun kuni O‘zbekiston hukumati a’zolari va bir guruh vazirlar Farg‘ona viloyatining So‘x tumaniga borishdi.
Hukumat vakillari davlat rahbari topshirig‘i bilan esklav hududdagi muammolarni o‘rganib, dastur tayyorlash va bu orqali mavjud muammolarni bartaraf etish uchun tashrif buyurishgan.
So‘x tuman hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mehmonlar dastlab Chashma bulog‘iga borishgan.
Tuman hokimligi matbuot xizmati e’lon qilgan suratlarda bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov, bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev, bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy munosabatlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov, bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Behzod Musayev, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov, Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev, Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov va boshqalarni ko‘rish mumkin.
Vazirliklar, ularning viloyat boshqarmalari rahbarlari vaziyatni barqarorlashtirish, ijtimoiy-siyosiy holatni yaxshilash, aholi muammolarini o‘rganish va hal qilish borasida manzilli birlamchi vazifalar dasturini ishlab chiqdilar.
Ayni damda So‘x tumani aholisi va faollari vujudga kelgan vaziyatni yumshatish borasida hukumat vakillari bilan birgalikda harakat qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 1 iyun kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov So‘xda mahalliy aholi vakillari bilan uchrashuvda tez orada hukumat vakillari ushbu hududga kelib, aholi muammolarini o‘rganishi va hal qilishi haqida aytgandi. Shuningdek, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham shu kunlarda Farg‘ona viloyatiga borishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi