18:51 / 10.06.2020
2 191

Bir mahalladagi 2 ta fermer xo‘jaligi elektrdan noqonuniy foydalangan

Bir mahalladagi 2 ta fermer xo‘jaligi elektrdan noqonuniy foydalangan
Majburiy ijro byurosi Marhamat tuman bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi nazorat tadbirlari davomida tuman hududida faoliyat olib borayotgan 2 ta fermer xo‘jaligi energoresurslardan noqonuniy foydalanayotgani aniqlandi.

Xususan, tumanning Yangi hayot mahallasida joylashgan “Odilov” fermer xo‘jaligi elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanib, elektr suv nasosi ishlatayotgani aniqlangan. Tekshirishlar davomida fermer xo‘jaligi umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib olib, texnik shart, loyiha hujjatlarsiz tuman elektr tarmoqlari korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilib, iste’molchi tarmoqdan uzib qo‘yildi. Hisob-kitob natijalariga ko‘ra, ushbu fermer xo‘jaligi ta’minotchi korxona manfaatlariga 12 mln. 312 ming so‘m zarar yetkazgan.

Shuningdek, aynan shu mahallada joylashgan “Tog‘ jambuli” fermer xo‘jaligi ham elektrdan noqonuniy foydalangani sabab davlat manfaatlariga 2 mln. 138 ming so‘m zarar yetkazgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bir mahalladagi 2 ta fermer xo‘jaligi elektrdan noqonuniy foydalangan