10:00 / 11.06.2020
2 465

Mayk Pompeo O‘zbekistonda diniy erkinlik bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirdi

Mayk Pompeo O‘zbekistonda diniy erkinlik bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirdi
AQSH Davlat departamenti dunyoda diniy erkinlikning holati to‘g‘risidagi yillik hisobotini e’lon qildi. 2019 yil uchun hujjat idora matbuot xizmati tomonidan tarqatildi.

Qo‘shma Shtatlar davlat kotibi Mayk Pompeo brifingda O‘zbekiston hukumatini mamlakatda diniy erkinlik bilan bog‘liq vaziyat yaxshilangani uchun maqtab o‘tdi.

«O‘zbekistonda diniy erkinlik bilan bog‘liq vaziyatni yaxshilash bo‘yicha bir qator qadamlar qo‘yildi va bu davom etmoqda. Yil boshida men ushbu mamlakatda bo‘lganimda, diniy arboblar bilan ajoyib muzokaralar o‘tkazdim», - deya ma’lum qildi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2019 yilda AQSH hukumati mamlakatda diniy guruhlarga qarshi qaratilgan birorta ham operatsiya o‘tkazilmaganini qayd etgan. 2018 yilda bu raqam 114ta, 2017 yilda esa 240tani tashkil etgani aytiladi.

«Bu katta yutuq, haqiqiy progress, Davlat departamentining sa’y-harakatlari o‘z samarasini bermoqda», - deya ta’kidlab o‘tdi u.
Avvalroq, AQSH koronavirus pandemiyasi davrida O‘zbekistonda mahkumlarning afv etilishiga yuqori baho bergandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mayk Pompeo O‘zbekistonda diniy erkinlik bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirdi