16:27 / 12.06.2020
2 259

Yashash xonadonida yashirincha parvarishlanayotgan “kannabis”lar fosh bo‘ldi

Yashash xonadonida yashirincha parvarishlanayotgan “kannabis”lar fosh bo‘ldi
Bojxona idoralari tomonidan giyohvandlik vositalarini yashirincha parvarishlash, tarqatish va sotish kabi qator huquqbuzarliklarga qarshi keskin choralar ko‘rilib kelinmoqda.

Xususan, Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati va IIB xodimlari bilan hamkorlikda Urganch tumanida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tadbir davomida fuqaro T.M.ning yashash xonadoni o‘rnatilgan tartibda xolislar ishtirokida va xizmat itlari yordamida ko‘zdan kechirildi.
Natijada, ushbu shaxsning xonadoni bog‘ida 2 tup “kannabis” giyohvandlik o‘simligi parvarishlab kelinayotganligi, uyida esa giyohvand moddalarni iste’mol qilishda foydalanilgan 1 dona 0,5 litrlik yelim idish borligi ma’lum bo‘ldi va ashyoviy dalil sifatida olindi.

Yana bir holatda mazkur tumanda istiqomat qiluvchi fuqaro V.B.ning yashash xonadoni o‘rnatilgan tartibda nazoratdan o‘tkazildi.
Tekshiruv natijasida, fuqaro V.B. tomonidan hovlidagi tok tagida 2 tup “kannabis” giyohvandlik o‘simligi yashirincha ekilib, parvarishlab kelinayotganligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga qadar surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yashash xonadonida yashirincha parvarishlanayotgan “kannabis”lar fosh bo‘ldi