00:02 / 16.06.2020
3 244

O‘zbekistonda 6 soat ichida 109 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda 6 soat ichida 109 kishida koronavirus aniqlandi
O‘zbekistonda 15 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanganlar soni 109 nafarga oshdi va kasallik yuqtirib olganlarning umumiy soni 5263 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining
- 77 tasi karantin markazidagi fuqarolar orasida;
- 12 tasi Toshkent shahrida (shundan 10 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lganlar, 2 tasi esa aholi orasida);
- 7 tasi Toshkent viloyatida (shundan 6 tasi xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida, bittasi esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lganlar orasida);
- 5 tasi Namangan viloyatida;
- 5 tasi Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olingan fuqarolar orasida;
- 3 tasi Samarqand viloyatida aholi orasida aniqlangan.

15 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 5154 nafarni tashkil etayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda hozirgacha koronavirusga chalinganlarning 4019 nafari butunlay sog‘aygan, 19 nafari esa kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda 6 soat ichida 109 kishida koronavirus aniqlandi