10:59 / 16.06.2020
2 303

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5300 ga yaqinlashmoqda

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5300 ga yaqinlashmoqda
2020 yil 16 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5293 (+30) nafarni tashkil etmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 9 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 19 nafari Toshkent shahrida (shundan 15 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olingan, 4 nafari aholi orasida), 2 nafari Toshkent viloyatida xorijdan yurtimizga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida aniqlangan.

Ayni paytda respublikada 4019 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (76 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 1255 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 14 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5300 ga yaqinlashmoqda