20:30 / 01.07.2020
6 007

Samarqandda tug‘ilgan ikki boshli chaqaloqdan uning oilasi voz kechdi

Samarqandda tug‘ilgan ikki boshli chaqaloqdan uning oilasi voz kechdi
Samarqand viloyatida 27 iyun kuni ikki boshli chaqaloq dunyoga kelganligi haqida xabar berilgandi. «Sevimli» telekanalining «Zamon» informatsion dasturida ma’lum qilinishicha, ikki boshli chaqaloqdan uning oilasi voz kechgan.

Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi davolash ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Dilshod Rahmonovning ma’lum qilishicha, ona homiladorligining 16 va 21 haftaligida skrining tekshiruvidan o‘tkazilgan. O‘shanda bolada tug‘ma nuqsonlar borligi haqida aytilgan.

Egizaklarning bobosi bilan o‘tkazilgan telefon suhbatida u chaqaloqlarni oilasiga qabul qila olmasligini aytgan.
«Qayerga olib ketamiz uni? Uning qancha yashashini ham bilmaymiz. Bir martaga adashdim, kelinni qiynab bolani oldirib tashlamadim. Yaxshi bola tug‘iladi deb o‘yladim», — deydi bolaning bobosi.

Shifokorlarning aytishicha, chaqaloqning ahvoli og‘ir. Ona hozirda jonlantirish bo‘limidan chiqqan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, homilador ayol skriningdan o‘tkazilganida shifokorlar homilaning nogironligini aytishgan. Uni dunyoga keltirish ham ona, ham chaqaloq hayoti uchun xavf tug‘dirishi haqida ogohlantirilgan. Ayol va uning qaynonasi homilani to‘xtatishga rozi bo‘lgan va bu borada tilxat yozib ham bergan. Biroq ular bu ishni amalga oshirmagan.

Tuman tibbiyot birlashmasi Onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha boshlig‘i o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, onaning o‘zi homilani to‘xtatishga rozi bo‘lgan. «Qaynotasi tomonidan ruxsat bo‘lmagani sabab homila 7 oylikkacha yetib keldi. Shunda ham to‘xtatilsin deyilganida ular ko‘nmagan», — deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda tug‘ilgan ikki boshli chaqaloqdan uning oilasi voz kechdi