21:15 / 01.07.2020
3 146

O‘zini o‘zi band qilayotgan fuqarolar daromad solig‘idan ozod qilinadilar

O‘zini o‘zi band qilayotgan fuqarolar daromad solig‘idan ozod qilinadilar
O‘zini o‘zi band qilayotgan, qo‘lida kasb-hunari bor fuqarolarga munosib sharoit yaratish maqsadida mamlakatimizda yangi tizim joriy etildi. Endilikda hunarmandchilik, ustachilik, zargarlik, novvoylik, duradgorlik, sartaroshlik kabi o‘zini o‘zi band qilgan 67 dan ziyod kasb egalari faoliyatga huquqiy baho berilib, daromad solig‘idan ozod qilinadigan bo‘ldilar.

Mazkur fuqarolarni ro‘yxatga olish va hisobini yuritish bo‘yicha 2020 yil 1 iyuldan ilg‘or xorijiy tajriba asosida Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan SOLIQ mobil ishlab chiqildi. Ushbu mobil ilova orqali ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha buyurtmalarni qabul qilish, daromad va xarajatlar hisobini yuritish, ko‘rsatilgan xizmatlarni reklama qilish imkoniyatlari mavjud.

Shuningdek, o‘zini o‘zi band qilgan holda faoliyat yuritayotgan jismoniy shaxslar 2020 yil uchun ijtimoiy soliqni haqiqatda ishlagan vaqtidan qat’iy nazar bazaviy hisoblash miqdorining kamida 50 foizi ya’ni 111500 so‘m miqdorida amalga oshiradilar.

- Men bugun birinchilardan bo‘lib, SOLIQ mobil ilovasi orqali o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdim,-deydi Ohangaron shahri Muqimiy ko‘chasi 8-uyda istiqomat qiluvchi Dilafro‘z Nuriddinova. Sartaroshlik sohasida 12 yillik tajribam bo‘lsada, mehnat faoliyatim hech qayerda qonuniy qayd etilmagan edi. Endilikda ish stajim mehnat daftarchasiga yoziladi, bu esa pensiya yoshiga yetganimda nafaqa tayinlash uchun talab qilinadigan mehnat staji yo‘qligi muammosini bartaraf etadi.

Davlatimiz rahbari tomonidan biz hunarmandlarga yaratilgan bu kabi imkoniyatlardan nihotda mamnunman. Kelajakda faoliyatimni kengaytirib, kamida 4 ta xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashni maqsad qildim.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish borasida qilinayotgan bu kabi ezgu ishlar mamlakat iqtisodiyotda o‘sishi va albatta aholi farovonligini oshishiga xizmat qiladi.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zini o‘zi band qilayotgan fuqarolar daromad solig‘idan ozod qilinadilar