18:50 / 06.07.2020
1 140

Hozirgacha uy-joy sotib olish uchun subsidiya so‘rab 18,4 mingdan ortiq ariza kelib tushgan

Hozirgacha uy-joy sotib olish uchun subsidiya so‘rab 18,4 mingdan ortiq ariza kelib tushgan
Davlat xizmatlari agentligining xabar berishicha, 6 iyul kuniga qadar uy-joy sotib olishga subsidiya olish uchun 18,4 mingdan ortiq ariza kelib tushgan.

«Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 25 martdagi 182-son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan joriy yilning 6 iyul kuniga qadar Davlat xizmatlari markzalari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali uy-joy sotib olishga subsidiya olish uchun 18,4 mingdan ortiq arizalar kelib tushgan.

Shundan, 2,5 mingdan ortiq (14 %) fuqarolarga subsidiya ajratish uchun xabarnomalar berilgan, 6 mingga yaqin (32,5 %) fuqarolarning arizalari rad etilgan, 1,3 mingdan ortiq (7 %) arizalar fuqarolar tomonidan bekor qilingan va 8,3 mingdan ortiq (45 %) arizalar tuman (shahar) komissiyalari tomonidan ko‘rib chiqilmoqda
», deya agentlik direktorining matbuot kotibi Sevara Zokirovaning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz nashri.

Uning qo‘shimcha qilishicha, agentlik tomonidan o‘tkazilgan monitoringlar davomida 550dan ortiq fuqarolarning arizalari vakolatli tashkilotlar tomonidan belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilmagan holatlar aniqlangan. Ushbu holatlar bo‘yicha vakolatli tashkilotlarga 64 ta taqdimnoma, 400 ta ogohnoma kiritildi va 43 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Eslatib o‘tamiz, daromadi yuqori bo‘lmagan, uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalar, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yoshlargina uy-joy xarid qilish uchun subsidiya olishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)