Foto: Videolavhadan skrinshot
O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining axborot yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida mutaxassislar 10 iyuldan joriy etilayotgan karantin choralari hozirgi vaqtda juda zarurligini qayd etishdi.
«Agar biz karantin qoidalarini yurtimizning barcha hududlarida 20 kunga joriy qilib, unga to‘liq amal qilib o‘tkazadigan bo‘lsak, biz kasallik tarqalishi zanjirini 90-95 foizga uzib qo‘yamiz. Ammo hozir nima bo‘lyapti? Faoliyat ketyapti, har kuni eshitasiz: bugun bu bozor yopildi, bugun u bozor yopildi. Biroq zanjir uzilgani yo‘q. Bozor bir hafta yopilib yana ishlaydi, zanjirni uzishning iloji bo‘lmayapti. Shuning uchun to‘g‘ri tushinish kerak, biz 20 kunga hamma faoliyatni to‘xtatib, zanjirni uzadigan bo‘lsak, kasallikning tarqalish darajasini juda kamaytirishga erishamiz», dedi Respublika ixtisoslashtirilgan Endokrionologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Anvar Alimov.
Shuningdek, mutaxassis O‘zbekistonda kasallanish ko‘rsatkichi 100 ming aholiga o‘rtacha 35 kishiga to‘g‘ri kelishi, o‘lim ko‘rsatkichi esa 0,3 foizni tashkil etayotganini ham ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi