22:35 / 17.07.2020
3 040

Shavkat Mirziyoyev koronavirusni yengish sharti haqida gapirdi

Shavkat Mirziyoyev koronavirusni yengish sharti haqida gapirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 17 iyul, juma kuni bo‘lib o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishda koronavirusni yengish uchun har kim o‘zi, oilasi, farzandlarining sog‘lig‘i va taqdiri uchun avvalo o‘zi mas’ul ekanini chuqur anglashi kerakligini ta’kidladi.

- "Har birimiz o‘zimiz, oilamiz, farzandlarimizning sog‘lig‘i va taqdiri uchun avvalo o‘zimiz mas’ul ekanimizni chuqur anglashimiz lozim. Shu munosabat bilan xalq vakillari bo‘lgan deputatlarimizdan, ijodkor ziyolilarimiz, hurmatli jurnalistlarimiz, mahalla faollaridan iltimos qilaman: pandemiya davrida har bir odamning shaxsiy mas’uliyati haqidagi targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirishimiz kerak.

Biz pandemiyani qachon yengamiz? Qachonki, har bir odam o‘zidagi beparvolikni yengsa, o‘zi, oilasi va farzandlari, butun xalqimiz hayotiga mas’uliyat bilan qaraydigan bo‘lsa. Biz shunga qodirmizmi? Albatta, qodirmiz. Ishonchim komil, bugungi vaziyatning o‘zi taqozo etayotgan mana shunday hissiyot va qarashlar har bir yurtdoshimizning qalbi va ongiga chuqur kirib boradi. Biz bu sinovdan, albatta, munosib o‘tamiz
", - deb aytdi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident 15 iyul kuni Toshkent shahri va poytaxt viloyatida pandemiyaga qarshi kurash borasidagi ishlarni qattiq tanqid qilib, aniq vazifalarni belgilagan edi. Bu borada ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar bo‘yicha 17 iyul kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Toshkent shahri hokimi, bosh prokuror va boshqa mutasaddi rahbarlar hisobot berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev koronavirusni yengish sharti haqida gapirdi