15:50 / 19.07.2020
3 991

Samarqandda qizlarni chet elga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgan jinoiy guruh fosh etildi

Samarqandda qizlarni chet elga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgan jinoiy guruh fosh etildi
Foto: Samarqand viloyat IIB
DXX Samarqand viloyat boshqarmasi hamda viloyat IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari yosh qiz-juvonlarni xorijga fohishalikka yuborib kelgan jinoiy guruhni fosh etdi.

Bu haqda Samarqand viloyat IIB axborot xizmatiga Samarqand tumani «Arabxona» mahallasida yashovchi Guli ismli fuqaro (barcha ismlar o‘zgartirilgan) o‘zining jinoiy sheriklari bilan yosh qiz-juvonlarni Turkiyaga yuborib, ulardan shahvoniy maqsadda foydalanib, moddiy daromad orttirib kelayotganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan.

Mazkur ma’lumot asosida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda tumanning «Yuqori Turkman» mahallasi hududida 1990 yilda tug‘ilgan Sarvinoz 1991 yilda Toyloq tumanida tug‘ilgan ikki nafar farzandi bor Dildorani Turkiya davlatiga yuborib, undan shahvoniy maqsadda foydalanishni maqsad qilgan fuqarodan 1600 dollar pulni olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda qizlarni chet elga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgan jinoiy guruh fosh etildi