19:50 / 19.07.2020
17 610

Qora sedana koronavirusni butkul davolay oladimi? Mutaxassis javobi

Qora sedana koronavirusni butkul davolay oladimi? Mutaxassis javobi
Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Feruza Hamroboyeva ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan qora sedanani ichgan inson koronavirusdan butkul qutilar ekan, qabilidagi fikrlarga izoh berdi.

- "Qora sedana xalq tabobati vakili bo‘lib, turfa xil foydali xislatlari bor. Oshqozon-ichak tizimi, zarda qaynaganda, safroni to‘g‘ri yo‘naltirish, dimlanib turib qolmasligining oldini olishda, ich qotishida yaxshi yordam beradi. O‘pka kasalliklarida ham balg‘amning ko‘chishiga yaxshi yordam beradi. Lekin bu bilan biz hamma dorilarni chetga surib qo‘yib faqat qora sedana bilan davolanish kerak, degan fikrdan yiroqmiz. Qora sedana va xalq tabobatining boshqa vakillarini tibbiyot xodimlari tavsiya etgan dori-darmonlar bilan bir qatorda yoki ularni qabul qilishni tugatgandan so‘ng jarayonni mukammallashtirib berish uchun qabul qilish mumkin", - Feruza Hamroboyeva.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq koronavirusga qarshi kurash shtabi 4 kun tomoqni tuz va sirka bilan chayish haqidagi xabarni rad etgan bo‘lsa, Nurmat Otabekov Xitoydan O‘zbekistonga yuborilgan testlarda virus yo‘qligini bildirgan, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi piyoz koronavirusni o‘ldirishi haqidagi xabarlarni safsata deb atagan, «doka niqob spirt bilan namlab taqib yurilsa, koronavirus yuqmaydi» mazmunidagi gap-so‘zlar asossizligi, Bosh davlat sanitariya inspektori sarimsoq piyoz ham antibakterial, ham antivirus preparat emasligini bildirilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qora sedana koronavirusni butkul davolay oladimi? Mutaxassis javobi