22:10 / 29.07.2020
5 069

“UZAUTOMOTORS” AJga nisbatan ish qo‘zg‘atildi

“UZAUTOMOTORS” AJga nisbatan ish qo‘zg‘atildi
Hamkasblarim R.Kusherbayev va N.Jumayev bilan birgalikda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisiga yuborgan deputatlik so‘rovimiz ortidan qo‘mita tomonidan “UZAUTOMOTORS” AJga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atildi deb xabar berdi deputat G‘aniyev Doniyor o‘zining @D_Ganiyev telegram kanali orqali.

Qo‘mita xabarida ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi qonuni va sohani tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlar talablariga rioya etilishi, shu jumladan, ishlab chiqarilayotgan yengil avtomobillar tannarxi shakllanishi va narx qo‘llanilishi asosliligi yuzasidan “UZAUTOMOTORS” AJda o‘tkazilgan tekshirishlar natijasiga ko‘ra kompaniya tomonidan yuqoridagi qonunning tegishli moddalari buzilganligi aniqlangan.

Umid qilamizki, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘zining qonun bilan belgilangan vakolatlaridan foydalangan holda “UZAUTOMOTORS” AJ tomonidan raqobat to‘g‘risidagi qonun xujjatlarini buzish orqali asossiz ravishda olingan daromadlarni qaytarish, shuningdek, kompaniyaning mansabdor shaxslarini tegishli javobgarlikka tortish hamda kelajakda qonun xujjatlarini buzish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berishni o‘z ichiga olgan qaror qabul qiladi.

O‘z navbatida qo‘mita tomonidan “UZAUTOMOTORS” AJga nisbatan ish qo‘zg‘atishga doir qaror mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan barcha tabiiy va sun’iy monopol korxonalar uchun tegishli xulosa chiqarish uchun signal bo‘ladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)