16:16 / 12.08.2020
3 088

Norozi iste’molchi «yuqori»ga murojaat yo‘lladi va...

Norozi iste’molchi «yuqori»ga murojaat yo‘lladi va...
So‘ngi yillarda iste’molchilarning mototransport vositalariga bo‘lgan talabi bir necha barobar o‘sdi. Sababi ushbu texnika vositalari kam yoqilg‘i sarflash bilan bir qatorda, «ustaga ish qoldirmaydigan» kamxarj.

Jondor tumanida istiqomat qiluvchi qaxramonimiz I.To‘rayev «Buxoro Real Moto» MCHJ ga qarashli «Lochin» mototransport vositasini sotib olish maqsadida 21.885.000 so‘mga shartnoma tuzib, so‘ngra oradan bir qancha vaqt o‘tgach boshqa modeldagi transport vositasini xarid qilish maqsadida yana tashkilotga murojaat qiladi. Ammo tadbirkor tomonidan narxlar oshganligi ma’lum qilinib, iste’molchiga istasa yangi narxda xarid qilishi mumkinligi taklif etiladi.

Bundan tashqari yangi shartnoma tuzish uchun xodimlar yo‘qligi, buning sababi yurtimizda kuchaytirilgan karantin tartibi joriy etilgach, ko‘p tashkilotlar qatori ishchilar salomatligini nazarda tutgan xolda «Buxoro Real Moto» MCHJ xam faoliyatini vaqtincha to‘xtatishga, mijozlar buyurtmalarini kechiktirishga majbur bo‘lgani tushuntirilgan.

Bu vajlardan norozi bo‘lgan I.To‘rayev eski narxda transport vositasi yetkazib berilishini, agar zavodda bo‘lmasa dilerlardan olib berilishini so‘rab O‘zbekiston Iste’molchilar xuquqlarini ximoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Buxoro viloyat xududiy birlashmasiga murojaat qiladi.

Tadbirkor asosli ma’lumot berganligi xisobga olinib, I.To‘rayev 26.025.000 so‘m to‘lovni amalga oshirdi xamda o‘zi istagan mototransport vositasini dillerdan xarid qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Norozi iste’molchi «yuqori»ga murojaat yo‘lladi va...