20:17 / 18.08.2020
2 301

Sudya tomonidan xalq deputatlari kengashiga axborot taqdim etildi

Sudya tomonidan xalq deputatlari kengashiga axborot taqdim etildi
Xalq deputatlari Navbahor tuman kengashining navbatdagi 8-sessiyasida Navbahor tuman jinoyat sudi raisi A.N.Ibodov 6 oylik hisobotini yig‘ilish qatnashayotgan xalq deputatlari va yig‘ilish ishtirokchilariga o‘qib eshittirdi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlarning muhim yo‘nalishi sifatida sud-huquq soxasidagi islohotlar bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan beshta ustuvor yo‘nalishning ikkinchi yo‘nalishida qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilangan.

2017 yilning 13 iyun kuni Toshkent shahrida sud organlari tizimida odil sudlovni ta’minlash borasidagi ishlarning ahvoli, muammolar va istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektr yig‘ilishi bo‘lib, mazkur videoselektorda muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev “Qonun va adolat ustuvorligini ta’minlash – barcha ezgu maqsadlarimizga erishishning eng muhim sharti” mavzusida ma’ruza qilib, o‘z ma’ruzasida sudlar faoliyatiga tanqidiy baho berib, o‘z yechimini topmagan kamchilik va muammolarni atroflicha chuqur tahlil qilib, muhim amaliy xulosa va ko‘rsatmalar berdi.

Jumladan, sudyalarning o‘zi faoliyat yuritayotgan hududidagi davlat vakillik hokimiyati organlari, ya’ni tegishli Xalq deputatlari Kengashlarida axborot berish tizimini joriy qilish zaruratini asoslab berdi.

2020 yilning 1-yarim yilligida tuman sudi tomonidan 77 shaxsga nisbatan 60 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan bo‘lib, sud raisi tomonidan 23 ta og‘zaki murojaatlar qabul qilinib, barchasiga tushuntirish berilib hal etilgan.

Shu davr mobaynida 77 ta huquqiy targ‘ibot ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 18 ta ma’ruza va davra suhbatlari o‘tkazilgan unda 585 nafar fuqarolar ishtirok etganlar, 2 tasi korxonalarda, 13 tasi aholi o‘rtasida, 3 tasi o‘quv muassasalarida amalga oshirilgan. Ko‘rilgan ishlar bo‘yicha jami 23 ta tegishli joylarga xususiy ajrimlar chiqarilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha
Navbahor tuman sudining raisi
A .N.Ibodov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sudya tomonidan xalq deputatlari kengashiga axborot taqdim etildi