14:43 / 22.08.2020
3 850

Olimlar qayta koronavirusga chalinish sababini aniqlashdi

Olimlar qayta koronavirusga chalinish sababini aniqlashdi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Massachusets umumiy kasalxonasi mutaxassislari odamlar nima uchun koronavirusni qayta yuqtirishlari sababini topishgan. Ushbu tadqiqot natijalari Cell jurnalida e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, koronavirusdan vafot etganlarning taloq va limfa tugunlarini o‘rganib chiqqan olimlar ushbu a’zolarda barqaror immunitetni ta’minlaydigan germinal markazlar yo‘qligini aniqlashgan.

Mutaxassislarning izohlashlaricha, koronavirusning og‘ir shakli bilan og‘rigan bemorlarning organizmida ko‘plab molekulalar - germinal markazlar shakllanadigan sitokin TNF hosil bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, ayni shunday holatda, ya’ni barqaror immunitetni ta’minlaydigan germinal markazlar yo‘qligi bois ham koronavirusdan tuzalib ketganlar, keyinchalik uni yana yuqtirishlari mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Olimlar qayta koronavirusga chalinish sababini aniqlashdi