12:57 / 09.09.2020
1 914

Farg‘onada «GAZ-53» yuk mashinasi daraxtga urilishi oqibatida haydovchi halok bo‘ldi

Farg‘onada «GAZ-53» yuk mashinasi daraxtga urilishi oqibatida haydovchi halok bo‘ldi
Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida «GAZ-53» rusumli yuk mashinasi archa daraxtiga urilishi oqibatida haydovchi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati.

Qayd etilishicha, Uchko‘prik tumanida 6 sentabr kuni fuqaro S.M. boshqaruvidagi «GAZ-53» rusumli yuk avtomashinasini Jalayer qishlog‘i hududida haydab ketayotib, boshqaruvni yo‘qotgan. Natijada yuk mashinasi yo‘l chetidagi archa daraxtiga urilgan.

Buning oqibatida haydovchi S.M. tan jarohati olib shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchko‘prik tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada «GAZ-53» yuk mashinasi daraxtga urilishi oqibatida haydovchi halok bo‘ldi