Vazn to‘plash nafaqat iste’mol mahsulotlari, turmush tarzi, balki foydalanadigan buyum va mahsulotlar bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkinligi tadqiqotlar davomida aniqlangan. Ular tarkibidagi ba’zi moddalar organizmdagi moddalar almashinuvi hamda gormonal balansga ta’sir qiladi.
Xushbo‘y iforli purkagich va vositalar
Foto: «Domashniy Ochag»
Tarkibida ftalatlar — xushbo‘y ifor uchun javob beradigan kimyoviy modda mavjud bo‘lgan mahsulotlarni ishlatmagan yaxshi. O‘tkazilgan tadqiqotlarda, ftalatlarning organizmda to‘planib metabolizmga ta’sir qilishi aniqlangan. Shu sabab ham kosmetik vositalar, shampun, tozalashda ishlatiladigan vositalar yorlig‘ini yaxshilab ko‘zdan kechiring. Agar tarkibida ftalatlar borligini bilib qolsangiz, yaxshisi undan foydalanmang.
Konservalangan mahsulotlar
Foto: «Domashniy Ochag»
Konservalangan mahsulotlarga ba’zida kimyoviy modda bisfenol A qo‘shiladi. U aksari hollarda zararsiz, ammo kislotasi baland mahsulotlar bilan qo‘shilganda (masalan konservalangan pomidor) salomatlik uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Mahsulot xarididan avval tarkibi bilan tanishib chiqing.
Plastik idish
Foto: «Domashniy Ochag»
Plastik tarkibida ham ftalat bo‘ladi va unga taom solib mikroto‘lqinli pechda qizdirilganda mazkur modda taomga o‘tadi. Shu sabab ham plastik idishdan isitishda foydalanmaslik va unda issiq taom yemaslik tavsiya qilinadi. Tadqiqotlarda plastik idishda taom isitib yeydiganlar boshqalarga nisbatan uch baravar ko‘p vazn to‘plashi aniqlangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi