17:45 / 26.10.2020
1 924

Aliment farzandlarning moddiy ta’minoti uchun muhim vositadir

Aliment farzandlarning moddiy ta’minoti uchun muhim vositadir
Ma’lumki sud qarorlarining ijrosini ta’minlashda aliment qarzdorliklari bilan bog‘liq ijro hujjatlari birinchi navbatda ijrosi ta’minlanishi lozim bo‘lgan ishlar qatoriga kiradi. Shu sabab Byuro organlari, jumladan Toshkent viloyati boshqarmasining tuman va shahar bo‘limlari tomonidan aliment undiruvlariga katta e’tibor qaratilmoqda.

Misol uchun Byuroning Angren shaxar bulimi tomonidan karzdor S.Abdug‘aniyevdan, undiruvchi G.Abdug‘aniyeva foydasiga 1 nafar farzandi taminoti uchun 18.704.000 sum aliment qarzi undirilib,tilxat asosida undiruvchiga topshirildi.

Shu kabi undiruv viloyatning Nurafshon shahar bo‘limida ham amalga oshirildi. Bu yerda ham davlat ijrochilari tomonidan, ish yurituvidagi, fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘rtachirchiq tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan, qarzdor Sh.Begmatovdan, undiruvchi Yu.Xaitova foydasiga 1 nafar voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun, jami bo‘lib 9.244.544 so‘mlik aliment pullari, ya’ni 2020 yilning oktabr oyiga qadar alimentdan bo‘lgan qarzdorliklar to‘liq undirib berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Aliment farzandlarning moddiy ta’minoti uchun muhim vositadir