13:55 / 29.10.2020
4 085

Ichki kasalliklar sabab paydo bo‘lgan dog‘larni qanday yo‘qotish mumkin?

Ichki kasalliklar sabab paydo bo‘lgan dog‘larni qanday yo‘qotish mumkin?
SSV matbuot xizmati Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va kosmetologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi bo‘lim mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor Shahnoza Mavlonova bilan cuhbat uyushtirdi.

— Terimiz himoya qatlamimiz bilan birgalikda chiroyimiz hamdir. Uning sog‘lom, ko‘rkam nur sochishi uchun qanday taomlanish zarur? Aksincha, qanday amallarimiz terimiz go‘zalligiga rahna soladi?
— Terining go‘zalligi ovqatlanish ratsioni bilan bog‘liq. Ilmiy izlanishlar natijasida shu narsa fanga aniq bo‘ldiki, inson qanchallik to‘g‘ri va sog‘lom ovqatlansa, nafaqat sog‘lig‘i yaxshilanadi, balki terisi ham kun sayin chiroy ochadi. Organizm birinchi navbatda oqsil va vitaminlarga to‘yingan bo‘lishi zarur. Albatta mikroyelementlarning ham teri sog‘lom nur sochishida o‘z o‘rni bor. Yod, selen, magniy, sink, mis, kalsiy, kaliy ham me’yorida bo‘lishi shart.

Muntazam fast-fud iste’mol qilish, yog‘li ovqatlar me’yorini bilmaslik, shirinliklarni pala-partish yeyishlik oshqozon-ichak tizimi faoliyati buzilishiga olib keladi. Oziq moddalarning yomon so‘rilishi ovqat hazm bo‘lishini sekinlashtiradi yoki aksincha. Mana shu buzilishlarning barchasi terining tashqi ko‘rinishi salbiy holga kelishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun dermatologlar bevosita gastroyenterologlar bilan birgalikda hamkorlikda ishlaydi.

— Homiladorlikning oxirgi uch oyligida terida qichishish, achishish va mayda toshmalar kuzatiladi. Aytinchi, homiladorlik teridagi asoratlarsiz o‘tishi uchun bo‘lajak onalar nimalarga ahamiyat qaratishi lozim?
— Homiladorlik davrida ona organizmidagi o‘zgarishlar juda keskin o‘tadi. Ayol organizmi boshqacha tarzda ishlaydi.

Homiladorlikdan oldin toshmalar patologiya hisoblansa, homiladorlik bilan bog‘langan gormonal o‘zgarishlar davrida aynan shu toshmalar norma, deb qabul kilinadi. Homilador ayollarda toshma kuzatilsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak. Agar toshmalar terining yuza qismida joylashgan bo‘lsa husnbuzarlarni eslatadi. Lekin shuni yodda tutish kerakki, yuzdagi toshmalar qizilcha, gerpes, suvchechak kabi xavfli virusli kasalliklar alomati bo‘lishi ham mumkin.

Qolaversa, homilador ayollarning ko‘krak va orqa yelka sohalaridagi toshmalar ko‘pincha yuqumli kasalliklar, ichak funksional buzilishlari natijasi bo‘lishi mumkin. Yukoridagi holatlar ko‘pincha homiladorlikni oxirgi uch oylikda kuzatiladi.

— Qaysi ichki kasalliklar hisobiga yuzga dog‘ tushadi?
— Ko‘zgu qarshisiga turib, yuzingizga diqqat qiling: rangi tiniqmi, husnbuzar yoki toshma bo‘lsa, kattaligi, holati va miqdori qancha? Dog‘ni ko‘rsangiz uning o‘lchami va yuzning qaysi qismidan joylashganiga qarang. Ishonish qiyin-u, lekin yuzning har bir qismidagi kamchilik ichki a’zolarning u yoki bu turi bilan bog‘langan bo‘ladi.

Masalan, oshqozon-ichaklarda muammo bo‘lsa, yuz yonoqlarining o‘rta qismida husnbuzar paydo bo‘ladi. Bezovtalik surunkali tus olib, xastalikka aylansa, dog‘ paydo bo‘lishi mumkin. Yuz tuzilish, holati va ko‘rinishiga qarab tashxis qo‘yish tibbiyotda ommalashgan usullardan biri. Zero, yuz sohasiga dog‘ tushishi, husnbuzar yoki toshma chiqishi o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydi. Odatda mazkur holat bir qator omillar bilan taxmin qilinadi.

Jumladan:
  • Gormonal balans muvozanati o‘zgarishi (ko‘pincha xomilador ayollarda, yuz, bo‘yin va qorin sohasiga dog‘ tushishi bilan kuzatiladi);
  • Peshob ajratish yo‘li hamda jigardagi o‘zgarishlardagi teri pigmentatsiyasi (qo‘l kafti yuzasidagi mayda dog‘lar, yuz yonoqlariga yoyilgani);
  • Qalqonsimon bez faoliyatidagi o‘zgarishlar, siydik qopi yallig‘lanishi, avitaminoz ham dog‘ yuzaga keltirishi mumkin (peshona ikki chakkasi, qo‘l kafti yoki oyoqdagi dog‘);
  • Quyoshda uzoq vaqt toblanish melanin sintezini faollashtiradi. Bu esa asosan yuzda dog‘ paydo bo‘lishiga olib keladi (yonoq, burun atrofidagi dog‘, kurakdagi mayda sepkil);
  • Stress va asabiylik. Ma’lumotlarga ko‘ra asabiy kishilarda dog‘ paydo bo‘lishi ko‘proq kuzatiladi (bo‘yin sohasi, quloq atrofida yuzaga kelgan dog‘lar);
  • Tashqi muhit ta’siri, ish faoliyati kimyoviy moddalar bilan bog‘liq bo‘lsa, noto‘g‘ri tanlangan pardoz vositalari, o‘rinsiz bajarilgan kosmetik muolajalar ham dog‘ tushishiga olib keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ichki kasalliklar sabab paydo bo‘lgan dog‘larni qanday yo‘qotish mumkin?