
"Kristal Pelas" klubi egasi Stiv Perish jamoa sardori Mark Gehining yozgi transfer oynasi yopilishidan oldin "Liverpul"ga o'ta olmaganiga izoh berdi. Himoyachi mersisaydliklar safini to'ldirishga tayyor edi, biroq London klubi ushbu kelishuvdan voz kechdi, chunki o'z yulduziga teng darajada o'rinbosar topilmadi.
"Gehi yuz bergan vaziyatni yaxshi qabul qildi. U "Liverpul" kabi buyuk klubdan taklif oldi.
Albatta, Mark u yerga o'tishni xohlagan edi, lekin biz uni qo'yib yubormasligimizni aytganimizdan keyin qolishga tayyor edi. Biz uchun uni saqlab qolish muhim edi, chunki Premer-ligadagi qattiq raqobatda ajoyib mavsum va omon qolish o'rtasidagi farqni ba'zida atigi beshta g'alaba hal qiladi.
Shu sababdan biz muhim o'yinchimizni sotmaslikka qaror qildik", - dedi Perishning Transfer Sector saytiga bergan intervyusida. Ma'lum qilinishicha, keyingi yozda Mark Gehi "Kristal Pelas"ni erkin agent sifatida tark etadi, chunki u amaldagi shartnomasini uzaytirish niyatida emas.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
 