
Sobiq "Rostov" futbolchisi Vitaliy Dyakov "Manchester Siti" va Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Haalandni haqiqiy to'purar deb atadi. Ekspert bu haqda "Evro-Futbol.Ru" internet nashriga bergan intervyusida fikr bildirdi.
"Bunday o'yinchini qanday baholash mumkin? U eng yuqori darajada o'ynaydi, dunyoning eng kuchli jamoalaridan birida maydonga tushadi va gol uradi...
Ha, sheriklari unga ko'p imkoniyatlar yaratadi, lekin bu uning super to'purar ekanligini inkor qilmaydi. U klubda ham, terma jamoada ham gol urmoqda.
U haqiqiy to'purar", – dedi Dyakov. Joriy mavsumda 25 yoshli Haaland "Manchester Siti" safida barcha musobaqalarda 12 o'yinda qatnashib, 15 ta gol urdi va bitta golli uzatma amalga oshirdi.
Norvegiya terma jamoasi safida esa u 46 ta o'yinda maydonga tushib, 51 ta gol kiritgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
 