date

Andijonda 10-sinf o‘quvchi qizlarning tungi klubdagi holati muhokamalarga sabab bo‘lmoqda

Andijonda 10-sinf o‘quvchi qizlarning tungi klubdagi holati muhokamalarga sabab bo‘lmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fotosuratlarda Andijon shahridagi 10-umumta’lim maktabi o‘quvchi-qizlari tungi klubda ko‘ngil ochar tadbirda ishtirok etayotgani aks etgani aytilgan.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, suratlardagi qizlardan biri — 2008 yilda tug‘ilgan X.T. ismli o‘quvchi mazkur maktabda tahsil olgani aniqlangan. Holat 2024-yil yozida sodir bo‘lgan bo‘lib, o‘quvchi muntazam dars mashg‘ulotlarini qoldirib kelgani sababli 10-sinfda qoldirilgan.

Maktab ma’muriyati X.T.ning xulqi va xatti-harakatlari yuzasidan bir necha bor profilaktik suhbatlar o‘tkazgan. Hozirda esa u “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi”ga joylashtirilgan.

Rasmiylar mazkur voqea bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borayotganini, o‘quvchining ijtimoiy muhitga moslashuvi va tarbiyasi yuzasidan nazorat kuchaytirilganini ma’lum qildi.

Mutaxassislar bunday holatlar ota-onalarning befarqligi va bolalarning internet orqali zararli ta’sirlarga berilayotganidan dalolat berishini aytmoqda. Ularning fikricha, voyaga yetmaganlar ishtirokidagi bu kabi hodisalarning oldini olish uchun nafaqat maktab, balki oila va mahalla ham birgalikda mas’ul bo‘lishi lozim.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda 10-sinf o‘quvchi qizlarning tungi klubdagi holati muhokamalarga sabab bo‘lmoqda