
Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida joylashgan 11-sonli umumta’lim maktabida jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi o‘z o‘quvchilariga nisbatan qo‘pol muomala va zo‘ravonlik qilgani uchun ishidan bo‘shatildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning may oyida o‘qituvchi A.L. 9-sinf o‘quvchilarini o‘zlashtirishi pastligini bahona qilib, kitob bilan urib, haqorat qilgan. Bu holat ta’lim muassasasida jiddiy rezonans keltirib chiqargan.
Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan tuzilgan ishchi guruh tekshiruvi natijasida o‘qituvchining xatti-harakatlari noqonuniy va pedagogik etikaga mutlaqo zid ekani aniqlangan.
Shuningdek, maktabning ma’naviy masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari bu holatni o‘z vaqtida o‘rganmagani va o‘qituvchini tartibga chaqirmagani uchun hayfsan intizomiy jazosi bilan jazolangan.
Natijada jismoniy tarbiya o‘qituvchisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi, uning o‘rniga boshqa mutaxassis tayinlanishi rejalashtirilgan.
O‘quvchisini kitob bilan urgan o‘qituvchi ishidan haydaldi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar