
Barselona sport direktori Deku Atletiko hujumchisi Xulian Alvaresning agenti Fernando Idalgo bilan bogʻlanishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Barca Universal xabar berdi.
Manbaga koʻra, Barselona Alvaresning kelajakdagi rejalarini bilishni istaydi. Kataloniyaliklar hujumchini Robert Levandovski uchun ideal oʻrinbosar deb hisoblashmoqda, chunki u bosh murabbiy Xans-Diter Flikning barcha talablariga toʻliq javob beradi.
Joriy mavsumda 25 yoshli argentinalik futbolchi barcha musobaqalarda 12 oʻyinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt Alvaresni 100 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.