
19 yoshli niderlandiyalik himoyachi Jivayro Rid, Rotterdamning "Feyenoord" klubi aʼzosi, Germaniya Bundesligasida faoliyatini davom ettirishi mumkin. Mashhur jurnalist Florian Plettenbergning maʼlumotiga koʻra, Myunxenning "Bavariya" klubi futbolchini oʻz tarkibiga qoʻshib olishga qiziqmoqda va tomonlar transfer boʻyicha dastlabki muzokaralarni boshlagan.
Shuningdek, Ridga Angliyaning bir qator klublari ham qiziqish bildirmoqda. Jivayroning "Feyenoord" bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilning oʻrtalarigacha moʻljallangan boʻlib, uning transfer narxi 20 million yevro atrofida baholanmoqda.
Joriy mavsumda himoyachi 12 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatma amalga oshirgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
 